×

Chevening dasturi: magistratura kursini Buyuk Britaniyada o’qish uchun to’liq grant – barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

12.10.2025

QOLGAN VAQT

35 kun

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

29827 marta

Dunyodagi eng nufuzli grant dasturlaridan biri hisoblangan Chevening dasturi Buyuk Britaniyada bir yillik magistratura bosqichida toʻliq grant asosida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. Dastur kelajakda jamiyatda ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’luvchi iqtidorli, shijoatli va yetakchilik sifatlariga ega shaxslar uchun mo‘ljallangan. Grant dasturi uchun saralab olingan talabalar Buyuk Britaniya universitetlarida o‘qib, o‘z sohalari bo‘yicha yetakchiga aylanish uchun bilim va ko‘nikmalar olishadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr diplomiga va 2 yillik ish stajiga ega bo'lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mazkur dastur gʻoliblari quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  1. Kontrakt to’lovi to’liq qoplanadi.
  2. Buyuk Britaniyaga borish va O’zbekistonga qaytish uchun aviachipta olib beriladi (ekonom-klass).
  3. Buyuk Britaniyaga yetib kelgach, joylashishga kerakli xarajatlarni qoplash uchun qo’shimcha mablag’ ta’minlanadi.
  4. Viza arizasi xarajatlari qoplab beriladi.
  5. Uyga qaytishda yordam mablagʻi taqdim etiladi.
  6. Agar zarur boʻlsa, silga qarshi trekshiruvdan oʻtish uchun 75 funt-sterlinggacha mablagʻ ajratiladi.
  7. Oylik stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Nomzod O‘zbekiston fuqarosi bo’lishi va dastur tugagandan so‘ng kamida 2 yilga o‘z davlatiga qaytishi kerak.
  • Nomzod kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Ish tajribasi ish soatlari bilan oʻlchanadi va 2 yillik ish tajribasi 2800 ish soatiga teng. Bunda faqat bakalarviatni bitirgandan keyingi ish tajribasi hisobga olinadi. Ish tajribasiga oid batafsil maʼlumotlar bilan BU YERDA tanishing.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Ingliz tilini bilish darajasi (IELTS, TOEFL yoki boshqa imtihon natijalari) nomzod tomonidan tanlangan universitet va yoʻnalishga qarab farq qilishi mumkin. Odatda kamida IELTS 6.5 ball talab etiladi.
  • Nomzod muqaddam Buyuk Britaniya hukumati homiylik qilgan grant dasturi orqali Buyuk Britaniyada o‘qimagan bo‘lishi kerak.
  • Buyuk Britaniyadagi universitetlarning magistrlik kurslaridan uchtasiga hujjat topshirishi va ulardan kamida bittasiga 2026-yil 9-iyulga qadar 2026-yilning kuzida o’qishni boshlash uchun shartsiz qabul qilinishi (unconditional offer) kerak.

Talablar bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grantni qoʻlga kiritishda nomzodlar Chevening grantiga alohida, 3 tagacha universitetga alohida hujjat topshirishi kerak. Chevening grantiga hujjatlar 2025-yilning 12-oktabrigacha qabul qilinadi. Universitetga qabul sanalari esa universitetga qarab farq qiladi, shu sabab nomzodning oʻzi topshirmoqchi boʻlgan universitetlarining saytiga kirib, qabul sanalari, shartlari va boshqa maʼlumotlar bilan tanishib chiqishi va ariza topshirishi lozim. Nomzodlar 2026-yilning 9-iyuliga qadar kamida 1 ta universitetdan oʻqish uchun shartsiz qabul (unconditional offer) olishi lozim.

Chevening grantiga ariza bu yerda topshiriladi. Ariza topshirish sahifasiga kirgach, ro’yxatdan O’zbekistonni izlab topish zarur. “Select award” maydonida esa “Scholarship” bandi tanlanishi kerak. Ariza topshirish uchun hisob (akkaunt) ochish kerak boʻladi. Ariza topshirish jarayoni haqida BU YERDA batafsil tanishing.

Hujjat topshirish bosqichidan o‘tgan nomzodlar O‘zbekistondagi Britaniya elchixonasida suhbatga taklif etiladilar. Suhbatlar 2026-yilning mart va aprel bo‘lib o‘tadi. Suhbatga samarali tayyorgarlik ko’rish uchun bu  yerdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing. O‘qish 2026-yilning kuzidan boshlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: qabul muddatlari hamda savol-javoblar sahifasini diqqat bilan o‘qib chiqing.

Chevening dasturi gʻolibi bilan suhbatni SHUY YERDA oʻqing.

Chevening dasturi gʻolibining insholari namunasi bilan SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!