×

Eng nufuzli grantlardan biri – Chevening dasturi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi!


Grant

MUHLAT

06.11.2018

QOLGAN VAQT

83 kun

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1705 marta

Dunyodagi eng nufuzli grantlardan biri Chevening dasturi Buyuk Britaniyda bir yil magistratura bosqichida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. Dastur kelajak liderlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nomzodlar Buyuk Britaniya universitetlarida o‘qib, o‘z sohalari bo‘yicha yetakchilarga aylanish uchun bilim va ko‘nikmalar olishadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr diplomiga va 2 yillik ish stajiga ega bo'lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur bilan bog‘liq barcha xarajatlar (kontrakt puli – tuition fee, oylik stipendiya, viza va joylashish xarajatlari) dastur tomonidan to‘liq qoplanadi.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

O'zbekiston fuqorolari uchun

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • O‘zbekiston fuqarosi va dastur tugagandan so‘ng o‘z davlatiga qaytish niyatida bo‘lishi kerak;
  • Bakalavr diplomiga ega bo’lishi;
  • Kamida ikki yil ish tajribasiga ega (tajriba volontyorlik, maoshli yoki maoshsiz amaliyot bo’lishi ham mumkin) bo’lishi kerak;
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan – IELTS dan kamida 6.5 yoki TOEFL iBT dan kamdia 79 ballga ega bo’lishi lozim. Nomzoddan grantga topshirayotgan payti IELTS yoki TOEFL bo’lmasa ham dasturga ariza topshirishi mumkin. Lekin bunda nomzod ushbu til talabini 2019-yilning 11-iyuliga qadar bajarishi kerak.
  • Muqaddam Buyuk Britaniyada o‘qimagan yoki Buyuk Britaniya homiylik qilgan dasturda ishtirok etmagan bo’lishi kerak.
  • Buyuk Britaniyadagi universitetlarning magistrlik kurslaridan hujjat topshirishi va ulardan kamida bittasiga 2019-yilning 11-iyuliga qadar shartsiz qabul qilinishi (unconditional offer) kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar onlayn arizani to’ldirishda barcha savollarga javob berish bilan bir qatorda, quyidagi hujjatlarni ham topshiradi:

  • CV.
  • Bakalavrlik/magistrlik diplomi va diplom ilovasi (diplom baholari).
  • Tanlangan 3ta Buyuk Britaniya universitetlari ro’yxati.
  • Tavsiyanoma beruvchi ikki kishi va ularning kontaktlari. Ular nomzodni yaxshi bilishi kerak.

Kerakli hujjatlar va ularni topshirish jarayoni bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin

Hujjat topshirish bosqichidan o‘tgan nomzodlar O‘zbekistondagi Britaniya elchixonasida suhbatdan o‘tadi. Suhbatlar 2019-yilning 4-martidan 1-mayigacha  bo‘lib o‘tadi.

Dasturga qabul qilingan nomzodlar 2019-2020-o‘quv yilida o‘zlari tanlagan universitetda magistrlik bosqichida o‘qish imkonini qo‘lga kiritadi. O‘qish 2019-yilning kuzidan boshlanadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!