×

France Excellence: Fransiyada magistraturani oʻqishni xohlaganlar uchun Fransiya hukumati granti!


Grant

MUHLAT

22.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

17806 marta

Magistraturani Fransiyada oʻqishni xohlovchi oʻzbekistonlik nomzodlarga Fransiyaning Oʻzbekistondagi Elchixonasi va Campus France “France Excellence” grantini taklif qiladi (bu grant ilgari BGF granti deb nomlangan).

Oʻzbekiston fuqarolari uchun maxsus tashkil etilgan ushbu grantga hozirda arizalar qabul qilinmoqda. Grant iqtidorli nomzodlarning taʼlimini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Nomzodlar ingliz yoki fransuz tilida oʻqishni, shuningdek, Fransiya universitetlari taklif etuvchi istalgan yoʻnalishni tanlashi mumkin.

Bu grantga ariza topshirish uchun yosh chegarasi belgilanmagan (talablarga javob beruvchi istalgan yoshdagi nomzod ariza topshirishi mumkin).

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant doirasida gʻolib talabaga 1 yil (12 oy) davomida quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Fransiyaga borish va Oʻzbekistonga qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
  2. Oyiga 860 yevro stipendiya beriladi.
  3. Talaba 28 yoshdan kichik boʻlsa, talaba uchun ijtimoiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  4. Uzoq muddatli viza toʻlovi qoplanadi (viza markaziga ariza berish toʻlovi qoplanmaydi).
  5. Talabalar yotoqxonasidan joy olishda ustuvorlik beriladi.
  6. Dastur doirasida turli madaniy tadbirlarda qatnashish huquqiga ega boʻlinadi, bundan tadbirlarda qatnashish haqi ham qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod bakalavr bosqichini tugatgan yoki hozirda (2024-yil) bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod fransuz va/yoki ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishi kerak. Fransuz va/yoki ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi sertifikat talab etiladi (DELF/DALF, TEF, TCF, IELTS, TOEFL, TOEIC yoki BULATS).
  4. Nomzod Fransiyadaning davlat universitetlaridagi yoki diplomi Fransiya hukumati tomonidan tan olinadigan Fransiyaning xususiy universitetlaridagi magistrlik dasturlaridan biriga qabul qilingan yoki ariza topshirish jarayonida (topshirayotgan) boʻlishi kerak.
  5. Bu grantni Fransiya hukumatining boshqa grantlari, Erasmus+ granti Frankafoniya universiteti agentligi grantlari bilan bir vaqtda olib boʻlmaydi. Bunday grantlarni bir vaqtda yutib olgan nomzod ulardan birini tanlashi kerak boʻladi.
  6. Grant dasturida qatnashish uchun soʻralgan barcha hujjatlar toʻliq topshirilishi kerak.
  7. Yosh chegarasi belgilanmagan. Boshqa talablarga mos boʻlgan istalgan yoshdagi nomzodlar ariza berishi mumkin.
  8. Ushbu grantni Fransiya OTMlarida mavjud istalgan sohada magistratura bosqichini oʻqish uchun olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2024-yil, 22-martgacha qabul qilinadi. Ariza va hujjatlarning barchasi ingliz yoki fransuz tilida topshirilishi kerak (fransuz tilida hujjat topshirayotganlarga tavsiya beruvchilar tavsiyanomani ingliz tilida yozsa boʻladi). Quyida keltirilgan barcha kerakli hujjatlar 2024-yil 22-martga qadar campus.ouz@gmail.com elektron manziliga yuborilishi lozim.

Kerakli hujjatlar:

  1. To’ldirilgan ariza shakli. Ariza shaklini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
    fransuz tilida
    ingliz tilida
  2. Xorijga chiqish passporti nusxasi.
  3. CV.
  4. Motivatsiya xati (fransuz yoki ingliz tilida): 2 betdan oshmasligi va noomzodning motivatsiyasini aniq koʻrsatib berishi kerak. Bu hujjatga alohida eʼtibor qaratiladi.
  5. Bakalavr diplomi nusxasi hamda universitetda olingan baholar va ularning (diplom va baholarning) ingliz yoki fransuz tiliga tarjima qilingan nusxasi. Tarjima tarjima agentligi tomonidan notarial tasdiqlangan holda qilingan yoki universtetning oʻzi tomonidan qilingan boʻlishi kerak (ingliz tilida berilgan diplomni tarjima qildirish shart emas). Bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotgan talabalar faqat hozirga qadar olgan baholari va ularning tarjimasini topshiradi.
  6. Til sertifikati. Nomzod ingliz yoki fransuz tilini kamida B2 darajada bilishini isbotlovchi xalqaro til sertifikatini topshirishi kerak.
  7. Tavsiyanoma (fransuz yoki ingliz tilida). Tavsiyanomani nomzodni yaxshi biladigan universitet vakili (oʻqituvchi, dekan va hk) yoki nomzodning ish joyidagi mansabdor (nazoratchi) shaxslardan olinishi mumkin.
  8. Fransiya universitet(lar)i tomonidan berilgan qabul xati (agar boʻlsa; bu hujjat boʻlmasa, topshirilmaydi).

MUHIM: Har bir hujjat nomi nomzodning familiyasi bilan boshlanishi va mazmuniga koʻra nomlanishi kerak. Masalan: Eshmatov_CV.pdf; Eshmatov_Transicripts.pdf va h.k.

Eslatma: grant uchun saralash nomzod tanlagan universitetga qabul jarayonidan alohida olib boriladi. Nomzodlar Fransiya universitetlariga ham alohida hujjat topshirishi kerak.

Natijalar 2024-yil may oyining ikkinchi yarmida eʼlon qilinadi.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktga murojaat qilishingiz mumkin:

Cyprien LEROY, Toshkentdagi Fransiya Kampusi rahbari: campus.ouz@gmail.com yoki Oʻzbekistondagi Fransiya elchixonasi (Istqbol koʻchasi 25, Toshkent).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin ushbu dastur qoʻllanmasi bilan batafsil tanishib chiqing:

Ushbu dasturi doirasida grant yutib olgan yurtdoshimiz bilan uyushtirilgan suhbat bilan bu yerda tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!