×

Fransuz tilida notiqlik tanlovi; bosh mukofot – Fransiyaga 1 oylik bepul sayohat!


Grant

MUHLAT

21.03.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1261 marta

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Toshkent fransuz alyansi hamda Fransiyaning “Lions Clubs” xalqaro frankofon markazlari uyushmasi bilan hamkorlikda notiqlik tanlovini eʼlon qildi. Tanlov fransuz tilini B2 va undan yuqori darajada biladigan (DELF B2, DALF C1-C2 yoki TCF B2-C2) talabalar uchun mo’ljallangan.

Tanlovda ishtirokchilar quyidagi mavzuda fransuz tilida munozara qilishi kerak boʻladi: “Tout le monde veut que ça change, mais personne ne veut changer” (Tarjimasi: Hamma dunyoni oʻzgartirishni xohlaydi, lekin hech kim oʻzi oʻzgarishni xohlamaydi).

Munozarada bir ishtirokchi ushbu fikrni qoʻllab-quvvatlashi, ikkinchi ishtirokchi esa rad etishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Fransuz tili boʻyicha B2 va undan yuqori darajadadagi til sertifikatiga ega bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin: Fransiyaga 1 oylik sayohat uchun yoʻllanma.
  • 2-oʻrin: Fransiyaga 1 oylik sayohat uchun yoʻllanma.
  • 3-oʻrin: planshet.
  • Barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlovda Oʻzbekiston universitetlarida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari qatnashishi mumkin.
  • Ishtirokchilar fransuz tilini B2 yoki undan yuqori darajada bilishi lozim (DELF B2, DALF C1-C2 yoki TCF B2-C2).

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish va nutqlarni baholash bir necha bosqichda amalga oshiriladi.

1. Ariza topshirish. Bunda 2 talaba jamoa sifatida 3 daqiqadan oshmagan video tayyorlaydi. Videoda tanlov mavzusidagi fikr boʻyicha munozara qilinadi. Bir talaba mavzudagi fikrni qoʻllav-quvvatlab, ikkinchisi rad etib oʻz vajlarini keltiradi. Bunda har bir talabaning nutqi 1 daqiqa 30 soniyadan oshmasligi kerak. Soʻng tayyorlangan videoni quyidagi hujjatlar bilan birga 2022-yil 21-martgacha elektron pochta manziliga yuborishi lozim:

  • Ariza shakli.
  • Fransuz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (DELF B2, DALF C1-C2 yoki TCF B2-C2).

2. Nutqlarni baholash. Tashkilotchilar videolardagi nutqlarni baholab, 6 nafar ishtirokchini (3 ta jamoani) saralab oladi. Bu ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichi – final bosqichida qatnashadi. Barcha arizachilarga ushbu bosqich natijalari 2022-yil 24-martgacha email orqali xabar qilinadi.

3. Final bosqichi. Final bosqichi 2022-yil 30-mart kuni Toshkentda, fransuz alyansida boʻlib oʻtadi. Finalga saralab olingan 6 nafar ishtirokchi taklif etiladi. Bunda ishtirokchilar 2 nafardan boʻlib munozara qiladi: bir ishtirokchi tanlov mavzusidagi fikrni qoʻllab-quvvatlaydi, biri rad etadi. Ishtirokchilarning munozaradagi vajlari videoda keltirilgan bilan bir xil boʻlishi lozim. Munozara internetda jonli tarzda translyatsiya qilinadi. Munozara paytida turli qaydlarga qarab nutiqini soʻzlashi mumkin emas, hech narsaga qaramasdan nutq soʻzlashi kerak. Final bosqichida har bir ishtirokchining nutqi uchun 3 daqiqadan (bitta jamoa uchun jami 6 daqiqa) beriladi. Final bosqichida gʻoliblar aniqlanadi.

Nutqlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Ogʻzaki ifoda sifati. Bu mezon ishlatilgan soʻzlar boyligi, nutq ravonligi, talaffuz kabilarni oʻz ichiga oladi.
  • Vajlar sifati. Bu mezon aytilgan vajlarning ishonarli ekanligi, bildirilgan fikrlar, yondashuv, misollarning mavzuga mosligi, soʻzlarning aniqligi kabilarni oʻz ichiga oladi.
  • Taqdimot. Bu mezon nutq soʻzlash vaqtida baholovchi hakamlarga nisbatan muloqot munosabati va tana harakatlarini oʻz ichiga oladi.

MUHIM: Nutq tayyorlashdan oldin tanlov nizomi bilan batafsil tanishib chiqing (nizom fransuz tilida).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!