×

Koreya: Xarajatlari qoplanadigan yoshlar forumi; joy – 150 ta!


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

11648 marta

2019-yilning 16-23-iyul kunlari Janubiy Koreyaning Seul shaharida bo’lib o’tadigan 30-Xalqaro Yoshlar Forumiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu yilgi forumning asosiy mavzusi «Inclusion and Inclusiveness: Shared Vision of Youth for Local, National, and Global Village» bo’lib, u uchta mavzu va 9 da subkategoriyani o’z ichiga oladi. Forum davomida qanday qilib interaktiv tarzda muvaffaqiyatli qamrab olish (inclusion) va qamrab olinganlik (Inclusiveness) harakatlarini amalga oshirish mumkinligi muhokama qilinadi.

Maʼlumot uchun: Qamrab olish (Inclusion) bu – imkoniyati cheklangan va boshqa ozchilikni tashkil etuvchi guruhlarni anglatadi. Qamrab olinganlik esa yashirin  nogiron shaxslarni (masalan, oʻrganish qobiliyati sust boʻlganlar va shu kabilarni) qoʻllab-quvvatlassning va ular bilan bogʻliq masalalarning hozirgi holatini anglatadi.

Mavzular:

A. School Education and Youth Activities for Inclusion and Inclusiveness

  • Sub-category 1. Inclusion in School: Diversity and Inclusive Education
  • Sub-category 2. Effects of Community Sharing for Inclusion: Local and Global-level Volunteer

Practice

  • Sub-category 3. Action Plans for Connecting School Education and Community Activities for

Inclusion and Inclusiveness

B. Roles and Assignments of the Media for Inclusion and Inclusiveness

  • Sub-category 1. Exploring Discrimination Types and Policies through the Lens of Media
  • Sub-category 2. Light and Shadow of the Internet and SNS Usage
  • Sub-category 3. Effects of the 1st Person Media and Youth Participation Plan

C. Exploring of the Inclusion Environment Designs

  • Sub-category 1. Homo Ludens (playing humans) Youth Environment for Life: Inclusive

Environment Design for Play and Relaxation

  • Sub-category 2. Inclusive Planning for Community Work / Occupation / Cultural Space
  • Sub-category 3. Exploration of Inclusiveness and Practicality through Universal Design

Forumda qatnashish uchun Koreya fuqarolari uchun 30 ta, boshqa davlatlardan bo’lgan qatnashchilarga 150 ta o’rin ajratilgan.

Grant kimlar uchun?

18-26 yoshdagi yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forum qatnashchilariga quyidagi moddiy yengilliklar beriladi:

  1. Forum vaqtidagi turar-joy, oziq-ovqat va mahalliy transportga ketadigan xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladi.
  2. Forumning oxirgi kunida parvoz xarajatlari uchun Osiyolik qatnashchilarga 300000KRW (taxminan 280 AQSh dollari) va Afrika, Okeaniya, Yevropa va Amerika hududlaridan kelgan ishtirokchilarga 600000 KRW (tahminan 560 AQSh dollari) miqdoridagi pul mablag’lari taqdim etiladi.
  3. Forumga qatnashish uchun to’lov to’lash shart emas.

Nomzodlarning do’kon aylanish, shaxsiy ichimliklar uchun xarajatlarini va shu kabi boshqa shaxsiy xarajatlarni to’lashni tashkilotchilar o’z zimmasiga olmaydi.

Talablar:

Forumga quyidagi talablarning barchasiga mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod 18-26 yosh oralig’ida bo’lishi kerak;
  2. Nomzod baxslarda ishtirok etish uchun ingliz tilini yaxshi bilishi kerak;
  3. Nomzod forum vaqtida barcha mashgʼulotlarga to’liq qatnasha olishi zarur.

Quyidagi talablarga mos nomzodlarga saralash jarayonida ustunlik beriladi:

  1. Belgilangan mavzu bo’yicha kuchli insho taqdim etganlar;
  2. Bu yilgi forum mavzulariga aloqador yo’nalishlarda tahsil olayotgan nomzodlar;
  3. Bu yilgi forum mavzulariga aloqador mashg’ulotlarda qatnashayotgan nomzodlar;
  4. Forum uchun ketadigan xarajatlarni shaxsan qoplashga tayyor nomzodlar.

Dasturga qabul jarayoni:

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Uchta ingliz tilida insho. Insho mavzulari quyidagicha:
    1) Self introduction: What are your strengths and weaknesses? / What skills do you have?
    2) Related Experience regarding ‘Inclusion and Inclusiveness’ (i.e. Volunteering).
    3) Which of the 3 main topics are you interested in, and why?
    * Main Topics: 1) School Education and Youth Activities for Inclusion and Inclusiveness; 2) Roles and Assignments for the Media for Inclusion and Inclusiveness; 3) Exploring the Inclusion Environmental Design

Ariza va insholar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza topshirish uchun dastlab SHU YERDA akkaunt ochib ro’yxatdan o’tish lozim. So’ng kerakli maʼlumotlarni kiritib hamda insholarni yozib boʻlgandan keyin Confirm tugmasini bosish orqali arizalar topshiriladi. Ariza va insholar ingliz tilida boʻlishi hamda 2019-yilning 31-mayidan (Koreya vaqti bilan) kechikmagan holda topshirilishi lozim.

Batafsil maʼlumot bilan MANA SHU FAYLNI yuklab olish orqali tanishishingiz mumkin.

Tashkilotchilar bilan bogʻlanish uchun aloqa maʼlumotlari:

  • External Cooperation Team of NCYOK
  • Tel: +82-2-2667-0810~1 / +82-2-2667-0875
  • Fax: +82-2-2667-0479
  • E-mail: yul0918@koreayouth.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!