×

La Trobe University: doktoranturada bepul o’qish uchun grant – turar joy xarajatlari qoplanadi


Grant

MUHLAT

30.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1187 marta

Avstraliyada joylashgan La Trobe University oliygohi La Trobe Industry Research Scholarship grant dasturi orqali doktorantura bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi La Trobe Universitydao’qitiladigan doktorantura yo’nalishlari uchun ajratilgan bo’lib, asosan Computer Science va Software Engineering soha vakillari uchun taqdim etiladi. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan. Dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

  • 4 yillik to’lov kontraktidan ozod etiladi.
  • 5 yil davomida har yili 28092 Avstraliya dollari (19484 AQSh dollari) yillik stipendiya beriladi. Bu stipendiya talabaning yashash xarajatlarini moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash uchun ajratiladi.
  • La Trobe Universitetining taniqli tadqiqotchi olimlari bilan ishlash imkoniyati bo’ladi.
  • La Trobe Universiteti Malaka oshirish dasturidan foydalanish huquqi beriladi.

Talablar:

  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL IBT 92 talab etiladi. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.
  • Doktorantura kursiga nomzod bakalavr va magistratura kurslarini tamomlagan bo’lishi, baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’zi hujjat topshirayotgan doktorantura kursi yo’nalishiga mos yo’nalishda diplomlarga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod o’zi tadqiqot olib borish niyatidagi mavzu yoki soha bo’yicha ilmiy maqolalar chop ettirgan bo’lishi va tadqiqot qilish tajribasiga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

La Trobe IRS grantlarini yutish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Nomzod La Trobe universiteti tadqiqot kurslariga ariza topshirish jarayonida CDAC Industry PhD Scholarship grantini olish istagida ekanini ko’rsatib o’tish yetarli bo’ladi. Tadqiqot kurslariga ariza topshirish quyidagicha:

  1. Tadqiqot kurslari haqida batafsil ma’lumot to’plang.
  2. Tadqiqot olib borishingiz uchun ilmiy rahbar sifatida Professor Kok-Leong Ong ni tanlang (bu grant talablaridan biri).
  3. Kerakli hujjatlarni jamlang:
  • 2 ta akademik tavsiyanoma (Tavsiyanoma namunasini bu yerdan yuklab olinadi va tavsiya beruvchilar tomonidan Itiresearch@latrobe.edu.au elektron manziliga tog’ridan-tog’ri yuboriladi);
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati;
  • Taqdirlangan sertifikatlar;
  • Akademik resume;
  • Magistratura bosqichi uchun qilgan tadqiqot ishidan namuna (Thesis nusxasi);
  • Doktorantura ilmiy tadqiqot ishi uchun reja (Research proposal);
  • Pasport nusxasi;
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).

Eslatma: yuqorida so’ralgan hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Aksincha holatlarda notariusdan tasdiqlangan holda ingliz tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim.

  1. Kerakli kurs talablariga mos ekanligingiz va ilmiy rahbaringiz aniq bo’lgach, bu yerda ariza anketasini to’ldiring. Ariza topshirish jarayoni va kerakli hujjatlar bilan batafsil bu yerda tanishing.

Shundan so’ng to’ldirilgan arizalarni o’rganish jarayonida barcha hujjatlar o’rganilib chiqiladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun kok-leong.ong@latrobe.edu.au elektron manziliga yoki +61394793640 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!