×

Jahon oliygohlari: nufuzi dunyodagi oliygohlarning 99% dan yuqori boʻlgan universitet – La Trobe University


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

6286 marta

CHOP ETILGAN

07.07.2020

Universitet haqida qisqacha ma’lumot

Avstraliyaning Melburn shahrida joylashgan La Trobe universiteti mamlakatning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. 1964-yilda tashkil etilgan La Trobe universiteti Innovative Research Group guruhini tashkil etuvchi, Avstraliyadagi eng keng ko’lamda tadqiqot olib boruvchi 7 nafar oliygohlardan biridir.

Universitet jahondagi 20000 oliy ta’lim muassasalari ichidagi eng nufuzli 1,1 % oliy ta’lim muassasalari sirasiga kiradi. Bu – La Trobe universiteti dunyodagi 20000 universitetning 98,9 % qismidan yaxshiroq, degani. Hozirda universitetda 23 mingga yaqin talaba tahsil oladi, shundan 29 % qismini xorijlik talabalar tashkil qiladi.

Ushbu suratda universitet kampusida joylashgan, 5 yulduzli Silviya Uolton binosini ko’rishingiz mumkin. Bu binoning qurilishi va jihozlanishi 45 million Avstraliya dollariga (31,3 million AQSh dollaridan ortiq) tushgan.

Bu esa 288 million Avstraliya dollari (taxminan 2 million 555 ming AQSh dollari) qiymatga teng AgriBio Markazi binosi. Bu buni agro-biologiyaga oid fanlarni o’rganish uchun qurilgan.

Universitetning jami 7 ta kampusi bo’lib, ulardan 6 tasi Avstraliyaning Viktoriya shtatida, 1 tasi Sidney markazida joylashgan. Ular haqida batafsil ma’lumot olishni xohlasangiz, bu yerga kiring. Universitet yotoqxonalari haqida bilmoqchimisiz? Bu yerda kerakli ma’lumotni topishingiz mumkin.

 Fakultetlar

La Trobe universitetida quyidagi yo’nalishlarda bakalavr, magistratura va tadqiqot kurslari mavjud:

 

O’qish va yashash xarajatlari

La Trobe universiteti kurslarida o’qish to’lovlari kurs yo’nalishi va darajasiga qarab bir-birida farq qiladi. Ma’lum kurs uchun o’qish to’lovini bilish uchun kerakli kurs sahifasiga kirish kerak. Kontrakt to’lovi miqdori sahifadagi “overview” bo’limida ko’rsatiladi.

Melburn shahrida yashash xarajatlarini hisoblashda turar joy, qo’shimcha xarajatlar, Overseas Student Health Cover sug’urtasi to’lovi, o’quv qurollari va kitoblar va transport xarajatlari hamda ishlash imkoniyatini hisobga olish kerak.

Yotoqxonada yashash xarajatlari La Trobe universitetining qaysi yotoqxonasida yashashingiz va band qilingan xonaning hajmidan kelib chiqib 200 Avstraliya dollaridan  (139 AQSh dollari atrofida) 430 Avstraliya dollarigacha (300 AQSh dollari atrofida) bo’lishi mumkin. Yashash uchun ko’chmas mulk vebsaytida joylashtirilgan ijara uylar bilan tanishib chiqish ham mumkin.

Kunlik xarajatlarga ovqatlanish va boshqa mayda xaridlar uchun sarflanadigan mablag’lar kiradi. Bu yerda kunlik xarajatlar uchun taxminan qancha pul sarflashingiz kerak bo’lishini bilib olishingiz mumkin.  

Agar Melburn shahrida pul tejashning ba’zi sirlarini bilsangiz, kunlik xarajatlar uchun mo’ljallagan mablag’ingizdan bir qismini iqtisod qilib qolishingiz mumkin bo’ladi. Bu yerda ham mablag’ni samarali sarflash uchun foydali maslahatlarni topishingiz mumkin. Xohlasangiz, La Trobe universitetining yashash xarajatlari bo’yicha hisob-kitoblari bilan tanishib chiqishingiz ham mumkin.

Qabul jarayoni qanday?

Bu yerda La Trobe universitetida o’qitiladigan bakalavr kurslari ro’yxati, aynan bakalavr kurslari uchun ajratilgan grantlar, qabul uchun talablar, o’qishga kirish yo’llari va qabul jarayoni haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Bu yerda esa magistratura va doktorantura kurslariga hujjat topshirish istagidagi nomzodlar uchun batafsil ma’lumotlar ko’rsatilgan.

Kurslarga hujjatlar odatda yil davomida, kurslar to’lgunicha qabul qilinadi. Avstraliyaga borishga tayyorgarlik va viza masalalariga vaqt ketishini hisobga olib, hujjatlaringizni ertaroq topshirishingiz kerak bo’ladi. Kurslarga hujjat topshirishda kurs yo’nalishidan kelib chiqib turlicha talablar bo’lishi mumkin, lekin barcha kurslar uchun amal qiladigan asosiy talablar quyidagicha:

  1. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Batafsil
  2. Nomzod bakalavr kursiga qabul qilinish uchun 12 yil ta’lim olgan bo’lishi, magistratura uchun bakalavr diplomiga ega bo’lishi va doktorantura uchun magistratura diplomiga ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzodning baholari o’rtacha 55-60 balldan (100 ballik tizimda) kam bo’lmasligi zarur.
  4. Agar nomzod magistratura yoki doktorantura kurslariga hujjat topshirayotgan bo’lsa, u o’qigan oldingi kurslari yo’nalishi va hujjat topshirilayotgan kurs yo’nalishi bir-biriga mos bo’lishi kerak. Bu qoidaga istisnolar ham mavjud, shuning uchun qabul talablarini to’liq bilish uchun kerakli kursning sahifasida berilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqish zarur.

Universitetdagi grantlar

La Trobe universitetida o’qish xarajatlarini qoplash uchun grant dasturlari ham mavjud. Universitetda ayniqsa xorijlik talabalar uchun ajratilgan grantlar ko’p. La Trobe universiteti tadqiqotga ixtisoslashgan oliygoh bo’lgani uchun unda tadqiqot kurslari (doktorantura va research master) uchun grantlar nisbatan ko’proq. Ular orasidagi La Trobe University Full Fee Research Scholarship (LTUFFRS) iqtidorli xorijlik talabalarni qo’llab-quvvatlash uchun ajratilgan ko’plar grantlardan biri. Universitetdagi boshqa grantlar:

La Trobe universitetlarida boshqa grant dasturlari ham mavjud bo’lib, ular haqida batafsil ma’lumotni bu yerda olishingiz mumkin.

Bog’lanish

Agar La Trobe universitetida o’qish va hujjat topshirish to’g’risida savollaringiz bo’lsa, universitet xodimi bilan onlayn tarzda shaxsan suhbatlashishingiz ham mumkin! Buning uchun konsultatsiya uchun oldindan ro’yxatdan o’tsangiz kifoya. Ro’yxatdan o’tishda universitet xodimi bilan telefon yoki video orqali yuzma-yuz suhbatlashish uchun ma’lum vaqt belgilanadi va shu vaqtda konsultatsiya jamoasi xodimi siz bilan bog’lanadi. Konsultatsiya mutlaqo bepul!

Bakalavr kurslari haqida konsultatsiya

Magistratura kurslari haqida konsultatsiya

Tadqiqot kurslari (doktorantura va research master) haqida savol berish  

Agar universitet bilan boshqa masalalarda bog’lanmoqchi bo’lsangiz, bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!