×

Microsoft kompaniyasidan AI loyihalar uchun 20 000 dollargacha grantlar!


Grant

MUHLAT

31.07.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2686 marta

Microsoft kompaniyasi “AI for Accessibility Grants Program 2021”dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur dunyo boʻylab nogironligi bor kishilarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish ustida ishlayotgan jismoniy shaxslar va tashilotlarga Microsoft Azure bulutli hisoblash resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Dastur Microsoft Cognitive Services (Microsoft kognitiv xizmatlari) va Machine Learning (mashinaviy taʼlim)dagi oxirgi yutuqlar asosida qurilgan loyihalarga grantlar ajratadi.

Topshiriladigan loyihalar quyidagi sohalardan biriga qaratilgan boʻlishi lozim:

  • Uy (Home)
  • Jamiyat (Community)
  • Taʼlim (Education)
  • Bandlik (Employment)

Grant kimlar uchun?

Developerlar (dasturchilar), NNTlar, olimlar, tadqiqotchilar, kashfiyotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida gʻolib deb topilgan loyihalarga, loyiha qamrovi va ehtiyojlariga qarab, 10 000, 15 000 yoki 20 000 AQSH dollari ajratiladi. Bu grantlar maʼlumotlarni toʻplash, yorliqlash, modellar ishlab chiqish va boshqa muhandislikka oid ishlar uchun sarflanadi.

Shuningdek, loyihalar Azure developerlari yordami, resurslaridan foydalanish, hamkorlik qilish va loyihani namoyish qilishda yordam olish imkoniga ega boʻladi.

Talablar:

Istalgan davlatdan developerlar (dasturchilar), NNTlar, olimlar, tadqiqotchilar, kashfiyotchilar qatnashishi mumkin. Loyiha gʻoyalari nogironligi boʻlgan kishilar tomonidan yoki ular bilan birga ishlab chiqilishi kerak. Loyihalar Ai (sunʼiy ong)dan foydalangan holda nogironligi bor shaxslarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yilning 30-iyuligacha onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Loyiha takliflari ingliz tilida yozilishi kerak.

Dasturga ariza topshirmoqchi boʻlganlar dastlab loyiha takilif uchun qoʻyilgan TALABLAR bilan tanishib chiqishi zarur. Loyiha takliflari shu talablar asosida topshiriladi.

Onlayn ariza shakliga kirib, arizada nimalar soʻralishi haqida koʻrib olishingiz mumkin.

Shuningdek, ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlovning rasmiy eʼloni bilan ham tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!