×

Ongoing LF: Ingliz yoki nemis tilini B1 darajada biluvchilar uchun Germaniyada 2 haftadan 24 haftagacha amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

20032 marta

ONGOING Internship Program LEADERS for FUTURE (Ongoing LF) – Germaniya poytaxti Berlin shahrida amaliyot oʻtash imkonini beruvchi dasturdir. Copernicus Berlin tashkiloti tomonidan taklif etiladigan bu dasturda barcha, jumladan, maktab (kollej/litsey) oʻquvchilari, talabalar, hozirda ishlayotgan nomzodlar, ishsiz boʻlgan nomzodlar ham qatnashishi mumkin.

Dasturda ingliz yoki nemis tilida qatnashish mumkin.

Dastur taklif etadigan imkoniyatlar quyidagicha:

  • Sayohat. Dasturga qabul qilinsangiz, Germaniyaga borish, dastur davomida Germaniya boʻylab sayohat qilish imkoniga ega boʻlasiz. Dastur davomida Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlariga sayohat qilishingiz mumkin (vaqt va mablagʻingizni rejalagan holda).
  • Til. Dastur davomida ingliz va nemis tilingizni yaxshilash imkoniga ega boʻlasiz. Jumladan, nemis madaniyati va mentaliteti bilan yaxshiroq tanishishingiz uchun dastur doirasida nemis tili kurslari tashkil etiladi.
  • Netvorking (tanish orttirish). Yangi tanishlar, professional aloqalar oʻrnatish imkoniga ega boʻlasiz. Shuningdek, muloqot koʻnikmalaringizni oshirasiz.
  • Tajriba. Germaniyada ish (amaliyot) tajribasiga ega boʻlasiz.

Bu dastur arizalar yiliga 4 marta qabul qilinadi. Shu sababli, qachon borishni (qish, yoz, kuz, bahor) oʻzingizga qulay qilib tanlashingiz mumkin. Shuningdek, dastur ishtirokchilari asosiy eʼtiborni amaliyotga qaratish yoki Germaniya va Yevropa Ittifoqini kashf qilishga (syohatga) qaratishni oʻzlari tanlay oladi.

Shuningdek, dastur davomiyligini nomzodning oʻzi belgilay oladi: 2 haftadan 24 haftagacha amaliyot oʻtash mumkin.

Dasturda 2 xil asosda qatnashish mumkin:

  1. Dastur haqini toʻliq oʻz yoningizdan toʻlash orqali.
  2. Qisman grant orqali.

Grant kimlar uchun?

Ingliz yoki nemis tilini kamida B1 darajasida biladigan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish pulli va dastur haqida amaliyot davomiyligiga qarab farq qiladi. Nomzodlar hujjat topshirishda qisman grantga ham ariza berishi mumkin. Qisman grantni qoʻlga kiritganlar dastur haqiga 50% lik chegirma bilan taqdirlanadi.

Grant uchun ariza berganlar saralashdan oʻtadi va saralashdan muvaffaqiyatli oʻtganlargina dastur haqida 50% lik chegirmani qoʻlga kiritadi.

Oʻz yonidan qatnashmoqchi boʻlganlar bunday saralashdan oʻtmaydi va toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinadi.

Dasturga qabul qilinganlar quyidagilar bilan taʼminlanadi:

  • Copernicus Berlin kampusida turar joy (yuqori tezlikdagi internet mavjud).
  • Konsultatsiya va mentorlik.
  • Javobgarlik sugʻurtasi.
  • Maʼmuriy xizmatlar.
  • Turli tadbirlar.

Dastur narxlari quyidagicha:

  • 2 haftalik amaliyot – 980 yevro
  • 4 haftalik amaliyot – 1770 yevro
  • 6 haftalik amaliyot – 2750 yevro
  • 8 haftalik amaliyot – 3540 yevro
  • 10 haftalik amaliyot – 4190 yevro
  • 12 haftalik amaliyot – 4820 yevro
  • 14 haftalik amaliyot – 5470 yevro
  • 16 haftalik amaliyot – 6100 yevro
  • 18 haftalik amaliyot – 6750 yevro
  • 20 haftalik amaliyot – 7380 yevro
  • 22 haftalik amaliyot – 8030 yevro
  • 24 haftalik amaliyot – 8660 yevro

Maʼlumot uchun: bu dastur uchun toʻliq grant ham mavjud. Toʻliq grant uchun qabul odatda har yili 20-noyabrdan 20-dekabrgacha davom etadi. Toʻliq grant tadqim etiluvchi imkoniyat bilan BU YERDA tanishing.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Yosh uchun chegara belgilanmagan. Lekin Germaniyaga mustaqil safar qila oladigan yoshda boʻlish lozim.
  • Istalgan davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotganlar yoki ishlayotganlar, shuningdek, hozirda ishsiz boʻlganlar ham ariza berishi mumkin.
  • Ingliz yoki nemis tilini kamida B1 darajada bilish kerak. Lekin ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi.
  • Ishtiyoqli, mustaqil va masʼuliyatli boʻlish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar har yili 4 marta qabul qilinadi. Ariza topshirish muddatlari quyidagicha:

  • 1-28-fevral
  • 1-31-may
  • 1-31-avgust
  • 20-noyabr – 20-dekabr

MUHIM: Arizalarni faqat yuqorida koʻrsatilgan muddatlar ichida topshiring.

Qabul 2 bosqichdan iborat:

  1. Onlayn ariza topshiriladi. Bunda nomzod ariza shaklini nemis yoki ingliz tilida toʻldirishi va topshirishi kerak. Ariza topshirish vaqtida jadval shaklidagi CV (ingliz yoki nemis tilida) ham talab etiladi. Arizani quyidagi havolar orqali topshirish mumkin:
    – Ingliz tilida topshirish
    – Nemis tilida topshirish
  2. Saralangan nomzodlar intervyuga taklif etiladi. Bu bosqichdan oʻtganlar qabul qilinadi.

Dasturga qabul qilingandan keyin ishtirokchiga mos amaliyot lavozimi izlanadi va ularga topshiriladi (amaliyot lavozimiga alohida ariza topshirish kerak). Kerakli maʼlumotlar almashilgach, dastur koordinatorlari ishtirokchilarga oʻzlariga mos amaliyot lavozimlarini izlash va topishda yordam beradi. Shuningdek, bu lavozimlar uchun ariza topshirish va amaliyot oʻtash davrida maslahat va yordam koʻrsatiladi. Ishtirokchilar amaliyot lavozimi uchun qanday qilib talabga javob beradigan CV yaratish, kerakli hujjatlarni toʻplash, intervyuga tayyorlanish haqida oʻqitiladi.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing:

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: application@copernicusberlin.de

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!