×

Qirgʻiziston: 3-4-kurs bakalavrlar uchun xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi maktab!


Grant

MUHLAT

13.06.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

3646 marta

Bishkekdagi OSCE akademiyasi 2022-yilgi yozgi maktabga arizalar qabul qilmoqda. Bu yozgi maktab Akademiyada oʻqtiladigan “Siyosat va xavfsizlik (Markaziy Osiyo)” hamda “Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish” magistrlik dasturlariga tayyorlov kursi sifatida tashkil etiladi. Biroq tegishli sohalarda tahsil oluvchi barcha talabalar ushbu yozgi maktabga ariza topshirishi mumkin.

Bu yilgi yozgi maktab 2022-yil 1-26-avgust kunlari Issiqkoʻlda (Bishkek) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar yozgi maktabda qatnashish uchun yuqorida keltirilgan 2 ta magistrlik dasturi sohadan birini tanlaydi va maktab davomida ijtimoiy tadqiqot haqida chuqur bilimga ega boʻlish yoki differensial hisob-kitoblar haqida oʻrganishi mumkin. Shuningdek barcha ishtirokchilar ingliz tilida akademik yozish boʻyicha kursda ham oʻqiydi.

Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida oʻtkaziladi.

Maktab davomida oʻrgatiladigan fanlar va mashgʻulotlar haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Iqtisod, xalqaro aloqalar, siyosiy fanlar va shu sohalarga oid boshqa sohalarda tahsil olayotgan bakalavriatning 3-4-kurs talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mavjud mablagʻlar asosida ishtirokchilar uchun quyidagi imtiyozlar taʼminalandi:

  • 4 hafta uchun 360 yevro stipendiya.
  • Viza va roʻyxatdan oʻtish yordami.
  • Markaziy Osiyo davlatlaridan (hududidan) Bishkekka borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.

Tibbiy sugʻurta va oila aʼzolari uchun ketadigan xarajatlar maktab tashkilotchilari tomonidan qoplanmaydi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturga iqtisod, xalqaro aloqalar, siyosiy fanlar va shu sohalarga oid boshqa sohalarda tahsil olayotgan bakalavriatning 3-4-kurs talabalari ariza topshira oladi.
  • Ingliz tilini yaxshi bilish kerak.
  • Markaziy Osiyoga qaratilgan xalqaro munosabatlar va rivojlanish masalalariga qiziqishga ega boʻlish kerak.
  • Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston yoki Turmaniston fuqarosi boʻlish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Maktab uchun arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 12-iyun, soat 19:00 gacha qabul qilinadi. Dasturga ariza topshirish uchun BU YERDA roʻyxatdan oʻtish va onlayn ariza shaklini toʻldirib, topshirish lozim.

Faqat dasturga qabul qilingan nomzodlarga natijalar haqida xabar qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi elektron pochta manzillariga murojaat qilishingiz mumkin:

Siyosat va xavfsizlik sohasi boʻyicha qatnashmoqchi boʻlganlar: MA-PS@osce-academy.net
Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish sohasi boʻyicha qatnashmoqchi boʻlganlar: MA-EGD@osce-academy.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!