×

Buyuk Britaniya: Huquq sohasida magistraturada o’qish uchun to’liq grant va yillik stipendiya; borish-kelish xarajatlari ham qoplanadi!


Grant

MUHLAT

06.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3984 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Queen Mary University of London huquq bo’yicha magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun Chevening Partner Awards grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant Buyuk Britaniya hukumatining Chevening dasturi asosida tashkil qilingan bo’lib, Queen Mary University of London o’zining Huquq maktabi (The School of Law) da o’qishni xohlovchilar uchun Chevening dasturi bilan bir xil imkoniyatni taqdim etuvchi dastur hisoblanadi.

Chevening Partner Awards dasturiga Britaniya hukumatining Chevening dasturiga qabul qilingan nomzodaridan tashqari alohida 2 nafar talaba qabul qilinadi. Grant faqat 1 yillik magistrlik dasturlari uchun ajratiladi.

Nomzodlar Universitetning Huquq maktabidagi (The School of Law) istalgan yo’nalishlardan biriga hujjat topshirishi mumkin. Huquq yo’nalishlari bilan SHU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada huquq bo’yicha o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritgan talabalr quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq to’lab beriladi;
  • Buyuk Britaniyaga borish va u yerdan qaytish xarajatlari to’liq qoplanadi;
  • Buyuk Britaniyada yashash uchun yetarli bo’lgan oylik stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • Viza xarajatlari qoplab beriladi;
  • Chevening dasturi doirasida tashkil etiladigan tadbirlarga borish uchun ketadigan xarajatlar qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod belgilangan davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi (O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg’iziston bu davlatlar ro’yxatida mavjud) va dastur tugagandan so‘ng o‘z davlatiga qaytish niyatida bo‘lishi kerak;
  • Bakalavr diplomiga ega bo’lishi;
  • Kamida ikki yil ish tajribasiga ega (tajriba volontyorlik, maoshli yoki maoshsiz amaliyot bo’lishi ham mumkin) bo’lishi kerak;
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan. Tilga qo’yilgan talablar:
    – IELTS: a minimum overall score of 7.0 including a minimum of 7.0 in Writing, and no less than 5.5 in Reading, Listening and Speaking.
    – TOEFL: a minimum overall score of 100 including a minimum of 24 in Writing, and no less than 18 in Reading, 17 in Listening and 20 in Speaking.
  • Muqaddam Buyuk Britaniyada o‘qimagan yoki Buyuk Britaniya homiylik qilgan dasturda ishtirok etmagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod Chevening dasturiga hujjat topshirishda Queen Mary University of London universitetini tanlangan uchta universitetdan birinchisi sifatida ko’rsatishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod dastlab Chevening dasturiga hujjat topshirishi lozim. Ushbu dasturga hujjat topshirish haiqda SHU YERDA tanishing. Shu bilan birgalikda, nomzod universitetning Huquq maktabiga ham onlayn tarzda o’z hujjatlarini topshiradi.

Queen Mary University of London universitetining o’zbekistonlik nomzodlarga qo’yilgan talablari bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!