×

Queen Mary University of London: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va yillik stipendiya; aviachipta xarajatlari qoplanadi; joy – 90 ta!


Grant

MUHLAT

03.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2008 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Queen Mary University of London magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun Chevening Awards grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant Buyuk Britaniya hukumatining Queen Mary University of Londonda oʻqishni xohlovchilar uchun Chevening dasturi doirasida tashkil etilgan.

Chevening Awards dasturiga Britaniya hukumatining Chevening dasturiga qabul qilingan 1900 nafar nomzodlardan taxminan 90 nafari qabul qilinadi. Grant faqat 1 yillik magistrlik dasturlari uchun ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Queen Mary University of London magistratura kurslarida oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Oʻqish kunduzgi boʻlimda bir yil davom etadi.

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan talabalr quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli toʻliq toʻlab beriladi.
  • Buyuk Britaniyaga borish va u yerdan qaytish xarajatlari toʻliq qoplanadi.
  • Buyuk Britaniyada yashash uchun yetarli boʻlgan oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
  • Viza xarajatlari qoplab beriladi.
  • Chevening dasturi doirasida tashkil etiladigan tadbirlarga borish uchun ketadigan xarajatlar qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod belgilangan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi (Oʻzbekiston bu davlatlar roʻyxatida mavjud) va dastur tugagandan soʻng oʻz davlatiga qaytish niyatida boʻlishi kerak.
  2. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi;
  3. Nomzoddan kamida ikki yil ish tajribasiga ega boʻlish talab etilishi mumkin. Masalan, MBA, LLM kurslarida odatda ish tajribasi soʻralasi. Shuning uchun tanlangan kurs sahifasini toʻliq oʻqib chiqing.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Til bilishga qoʻyilgan talablar turlicha boʻlib, umumiy ma’lumotlar: shu yerda.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning magistratura (masters) kurslariga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga arizalar 2020-yil 3-noyabrga qadar qabul qilinadi. Grant yutib olishni istasangiz, hujjatlarni ertaroq topshiring.

Oʻqishga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval shu yerdan kerakli dasturni tanlang.
  2. How to apply sahifasini batafsil oʻqib chiqing.
  3. English Language requirements boʻlimida kirish talablari haqida yozilgan.
  4. Kurs sahifasida umumiy ma’lumotlar bilan tanishing. Requirements bo;limida umumiy talablar berilgan, ularni batafsil oʻrganib chiqing.
  5. Fees and funding boʻlimida kontrakt toʻlovi va qanday toʻlash mumkinligi haqida aytilgan.
  6. Apply now yozuvini bosib, ariza toʻldiringva kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  7. Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda How to apply sahifasidan aniqlang yoki globalengagement@qmul.ac.uk manziliga ga murojaat qiling.

Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi. BA, ayrim kurslar uchun LLB diplomi topshiriladi. Baholar odatda 2:1/2:2 boʻlishi talab qilinadi.
  3. Ayrim nomzodlardan kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlish talab qilinishi mumkin.
  4. Ingliz tili Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aniqlang. Odatda kamida IELTS 7,0 soʻraladi.
  5. Ikkita tavsiyanoma.
  6. Qoʻshimcha hujjat sifatida esse talab qilinishi mumkin.
  7. Research proposal soʻralishi mumkin.

Grantga ariza berish. Nomzod dastlab Chevening dasturiga hujjat topshirishi lozim. Ushbu dasturga hujjat topshirish haqida shu yerda tanishing.

Bogʻlanish uchun: globalengagement@qmul.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!