×

AQSh: rezidensiya dasturi uchun 37000 AQSh dollar stipendiya


Grant

MUHLAT

01.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3076 marta

AQShda joylashgan Stanford Universiteti qoshida tashkillashtirilgan Wallace Stegner Fellowship rezidensiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu rezidensiya dasturi yozuvchi va shoirlar uchun mo’ljallanga bo’lib, ikki yil davom etadi. Dastur davomida qatnashchilar uchun Stanford Universitetida haftalik seminarlarda qatnashish va ijod qilish hamda bir-birlari bilan hamkorlik va muloqot uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi. Bu vaqtda Universitetning Creative Writing kursi vakillari qatnashchilarga yorda berib boradi. Dastur so’nggida qatnashchilar nashrga tayyor holdagi biror asar taqdim etishlari kerak bo’ladi. Shuning uchun haftalik kurs va seminarlarda qatnashishdan tashqari ijodkorlar o’z asarlari ustida tinimsiz ishlashlari talab etiladi.

 Dastur doirasida 10 ta to’liq grant ajratilgan, ulardan 5 tasi shoirlar, 5 tasi yozuvchilar uchun mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Shoir va yozuvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Wallace Stegner Fellowship grant dasturiga qabul qilingan shoir va yozuvchilarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Qatnashchining turli kurs va seminarlarda qatnashishiga ketadigan barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladi.
  2. Qatnashchinign salomatligi sug’urta qilinadi.
  3. Qatnashchiga 37000 AQSh dollari miqdorida yillik stipendiya

Talablar:

Ushbu grant dasturi yoshi, kelib chiqishi va ilmiy darajasidan qat’iy nazar barcha uchun ochiq. Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nozmod hozirda ijod qilayotgan yozuvchi yoki shoir bo’lishi kerak. Ularning yoshi, qanday daraja diplomiga ega ekanligi, irqi, millati va fuqaroligining ahamiyati yo’q.
  2. Nomzod adabiyot uchun yuksak qiziqish, qobiliyat va potensialiga ega bo’lishi zarur.
  3. Nomzod dastur davomida, ya’ni 2 yil, AQShda yashash va dasturda qatnashishga tayyor bo’lishi kerak.
  4. Nomzod AQShda payti yozishi uchun biror asar o’ylab qo’yishi yoki boshlab qo’yishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
  5. Dastur davomida qatnashchilar o’zlarini ijod va o’rganishga bag’ishlashlari shart. Ishlash yoki chalg’ituvchi boshqa mashg’ulotlar bilan shug’ullanish mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjatlar onlayn ariza topshirish orqali qabul qilinadi. Ariza topshirishda 2018-yil 1-dekabrgacha quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

  1. Tarjimai hol.
  2. Ikkita tavsiyachi haqida ma’lumotlar.
  3. O’quv rejasi. Bu hujjat yoki pdf formatida bo’lishi va unda nomzod rezidensiya dasturi uchun rejalari haqida yozishi kerak.
  4. Nomzodning ijodidan namuna (manuscript). Bunda taqdim etilgan nasriy asarlarning hajmi 9000 so’zdan, she’rlarning hajmi 15 sahifadan oshmasligi kerak.
  5. Ariza topshirish to’lovini amalga oshirish uchun kredit kartochkasi. Agar ariza to’lovidan ozod qilinish uchun ariza bermoqchi bo’lsangiz, maxsus blankani to’ldirishingiz kerak.

Ma’lumot uchun stegnerfellowship@stanford.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!