×

Singapur: PhD bosqichi uchun toʻliq grant va oylik 3000 AQSH dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Singapur

O'QILGAN

2805 marta

National University of Singapore navbatdagi  MBIʻs PhD Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi besh yilgacha moʻljallangan boʻlib, biomexanika yo’nalishi bo’yicha doktoranturada oʻqish istagida boʻlgan, liderlik qobiliyatiga va qarorlar qabul qilish, taʼlim berish tajribasiga hamda oʻquv dasturiga oʻz takliflarini bera oladigan nomzodlar uchun moliyaviy koʻmak olishga imkon yaratadi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  2. Besh yilgacha yashash va turar joy xarajatlari uchun oyiga 3000 AQSH dollar (chet elliklar uchun), 3500 AQSH dollar (mahalliy tadqiqotchilar uchun) miqdordagi stipendiya beriladi.
  3. Bir marta 5000 AQSH dollari miqdorida kerakli anjom-jixozlar uchun mablagʻ ajratiladi.
  4. Talabaning yurtidan Singapurga kelishi uchun aviabilet olib beriladi (750 AQSH dollarigacha).

*Stipendiya dasturi doirasida nomzodlarga talablar haqida: SHU YERDA tanishing.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolikka oid cheklash yoʻq);
  2. Nomzod aniq fanlar bo’yicha bakalavr darajasiga ega boʻlishi yoki muhandislik boyicha intizomli yoki yaxshi baholarga ega diplomga ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzod GRE testidan o’tgan bo’lishi kerak (90% va undan baland). GRE testi haqidagi to’liq ma’lumot SHU YERDA.
  4. Nomzodda TOEFL IBT 85/ IELTS 6.0 va undan baland ball bo’lishi kerak.

Yuqoridagi talablarga javob bera olmagan nomzodlar mbigraduate@nus.edu.sg manziliga murojaat qilishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Talab etiladigan hujjatlar:

  1. Arizalar onlayn yoki qo’llanmada berilgan ariza shakli orqali to’ldirilishi mumkin.
  2. Arizalarni ko’rib chiqish uchun to’lov ($50).
  3. Passport nusxasi.
  4. Diplom va baholar nusxasi.
  5. GRE General Test.
  6. IELTS/TOEFL.
  7. 2 ta tavsiyanoma.
  8. Maqola yoki ijodiy publikatsiyalar nusxasi (agar mavjud bo’lsa)
  9. Rezyume.
  10. Shaxsiy ariza (personal statement). Hujjatni toʻldirish jarayonida nomzod akademik yutuqlari, olib borgan tadqiqotlari va rejalashtirayotgan ilmiy ishi, salohiyati haqidagi toʻliq, ammo qisqa va loʻnda hamda 2 sahifadan oshmaydigan ma’lumotni taqdim etishi kerak.
  11. Boshqa erishilgan yutuqlar, mukofotlar (agar mavjud bo’lsa).

Hujjatlar quyidagicha topshiriladi:

  1. Talab qilingan barcha hujjatlar elektron ko’rinishda yagona PDF faylga joylanadi va  mbigraduate@nus.edu.sg electron manziliga jo’natiladi. PDF faylning hajmi 10MBdan oshmasligi kerak.
  2. To’ldirilgan onlayn ariza chop etilib, unga nomzodning fotosurati yopishtiriladi va boshqa barcha talab etilgan hujjatlar bilan birga pochta orqali quyidagi manzilga yuboriladi:

Mechanobiology Institute
National University of Singapore
MBI Graduate Office
5A Engineering Drive 1
T-Lab Building, #05-01
Singapore 117411

Hujjatlar 2019-yil 15-yanvari qadar qabul qilinadi. Belgilangan muddatgacha elektron hamda chop etilgan hujjatlarning har ikkalasi taqdim etilishi zarur.

Natijalarning eʼlon qilinishi

  1. 2018-yilning 30-noyabrigacha ariza topshirgan nomzodlarga 2019-yil yanvargacha;
  2. 2019-yil 15-yanvargacha ariza topshirgan nomzodlarga 2019-yil martgacha suhbat o’tkaziladi. Suhbat faqat saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar bilangina o’tkaziladi.
  3. Natijalar may oyida e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: mbigraduate@nus.edu.sg

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!