×

Tibbiyot bo’yicha magistraturada o’qish uchun 120 ming funt-sterling grant!


Grant

MUHLAT

16.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2845 marta

Buyuk Britaniyadaning Wellcome Trust Fondi 2019-2020-oʻquv yili uchun International Masterʻs Fellowships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant tibbiyot sohasi boʻyicha magistratura va doktoranturada tahsil olishni istagan talabalari uchun moʻljallangan. Grant 30 oyga beriladi.

Grant 12 oy (1 yil) muddat kunduzgi oʻqish va 18 oy (1,5 yil) tadqiqot ishlarini olib borish uchun, jami 30 oyga ajratiladi.

Wellcom Trust Fondi dunyo davlatlarida mavjud boʻlgan turli kasalliklarni davolash, bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilarni moddiy ragʻbatlantirish bilan shugʻullanadi.

Grant tibbiyotning quyidagi tarmoqlari vakillariga beriladi:

  1. Genetics and molecular science.
  2. Cellular and developmental science.
  3. Neuroscience and mental health.
  4. Infection and immuno-biology.
  5. Physiology.
  6. Population health.

Grant kimlar uchun?

Tibbiyot boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

International Masterʻs Fellowships dasturi oʻqish, turar joy, stipendiya kabi xarajatlar uchun jami 120 000 funt-sterling mablagʻ ajratadi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha daromad darajasi past yoki oʻrtacha (sekin va oʻrtacha rivojlanayotgan) davlatlar vakillari ushbu grantga ariza bera oladilar (Oʻzbekiston kiradi).
  2. Nomzod taqdim etayotgan loyiha daromad darajasi past yoki oʻrtacha davlatlardan biri (masalan, Oʻzbekiston)ning sogʻliqni saqlash tizimiga qaratilishi kerak.
  3. Daromad darajasi past yoki oʻrtacha davlatlardan birida homiysi boʻlishi (masalan, tadqiqot olib borayotgan vaqtda Oʻzbekistondagi biror bir xomiydan oylik olishi) kerak. Bu haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA
  4. Tadqiqotni yaqinda boshlagan boʻlishi (ammo ilmiy ishga qiziqishini koʻrsata olishi kerak) talab etiladi.
  5. Tanlagan mutaxassislik boʻyicha bakalavr yoki magistr diplomi boʻlishi zarur.

Nomzodlarni saralash ularning quyidagi mezonlariga asosan amalga oshiriladi:

  • tadqiqot obyektining sifati va dolzarbligi;
  • muammoni yechishga yondashuvi;
  • muammoning tadqiqot muhitiga mosligi;
  • tanlangan kurs (MSc) ning talabga javob berishi.

Kimlar ariza bera olmaydi:

  1. Tadqiqot olib borish joyi sifatida Buyuk Britaniya, Irlandiya yoki boshqa daromad darajasi yuqori davlatlar tanlaganlar (o’qish joyi dunyoning istalgan davlatida bo’lishi mumkin).
  2. MRes dasturida oʻqimoqchi boʻlganlar.
  3. Hindistondagi tadqiqotchilar. Ularga mana bu grant tegishli.
  4. Hozirda Wellcome Trustning yana bitta stipendiyasiga ariza berayotganlar dasturda qatnasha olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 16-aprelga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirish onlayn tarzda Wellcome Trust (WTGT) trekerida roʻyxatdan oʻtish orqali amalga oshiriladi. Roʻyxatdan oʻtishdan avval yoʻriqnoma bilan tanishib chiqish va unga qatʼiy amal qilish kerak.

  1. Wellcome Trust (WTGT) trekeri orqali ariza topshiring. Ariz toʻldirish uchun namunadan foydalaning.
  2. Qabul qiluvchi tashkilot arizani koʻrib chiqadi va Wellcome Trustga joʻnatadi. Arizani tekshirishga toʻrt oygacha vaqt ketishi mumkin. Agar nomzod grantda qatnashishi mumkin boʻlmasa, unga bu haqida xabar beriladi.
  3. Ilmiy tahlil. Xalqaro Intervyu tashkiloti arizangizni koʻrib chiqadi va yakuniy qarorni qabul qiladi.

Taxminiy hujjatlar tarkibi:

  • sohaga tegishli bakalavr yoki magistr diplomi;
  • baholar varagʻi;
  • CV;
  • tadqiqot rejasi;
  • kutilayotgan natijalar haqida esse.

*Agar nomzod nogiron boʻlsa, tashkilot ariza topshirish vaqtida uni qoʻllab-quvvatlaydi.

Natijalar 2019-yilning iyul oyida eʼlon qilinadi;

Bogʻlanish uchun:

Grant boʻyicha savollar tugʻilganda: +44 (0)20 7611 5757
Onlayn bogʻlanish: SHU YERDA

Manzil:

Wellcome Trust
Gibbs Building
215 Euston Road
London, NW1 2BE

Telefon: +44 (0)20 7611 8383
Rasmiy sayt: www.wellcome.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!