×

Tojikistonda yoshlar konferensiyasi (barcha xarajatlar qoplanadi)!


Grant

MUHLAT

19.04.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tojikiston

O'QILGAN

5869 marta

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg’onistondan bo’lgan yoshlarni “Central Asian Youth Talks and Model OSCE: Promoting the power of dialogue for shared responsibility in Central Asia” mavzusida Yoshlar konferensiyasiga taklif etadi. Ushbu konferensiya 2018-yilning 10-14-may kunlari  Tojikistonning Dushanbe shahrida bo’lib o’tadi.

Ushbu konferensiya Afg’oniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston yoshlari uchun Dushanbe shahrida tajriba  almashish va o’rganish uchun tashkil qilingan. Tadbir yoshlar o’rtasida fikr va g’oyalarni almashish uchun mintaqaviy munozaraviy maydonga aylanadi va shuningdek, ularning o’zaro bilimlarini rivojlantirishga ko’maklashadi.

Tadbir ishtirokchilari Markaziy Osiyoda (shu jumladan, Afg’onistonda) yoshlar bilan hamkorlik qilish, yoshlarni o’rnini mintaqada mustahkamlash va yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar. Dastur davomida ishtirokchilar YXHT modelida ishtirok etadilar va mavjud muammolarga yechim topish borasida muhokama olib boradilar.

Grant kimlar uchun?

18-25 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kanferensiyada qatnashish huquqini qo’lga kiritgan nomzodlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Turar joy xarajatlari to’liq qoplanadi;
  • Oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi;
  • Transport xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos tushishi kerak:

  • Nomzodlar quyidagi mamlakatlardan bo’lishi kerak: Afg’oniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston;
  • Nomzod 18-25 yosh bo’lishi kerak;
  • Nomzod forum mavzusiga qiziqishi kerak;
  • Nomzod ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak.

Dasturning boshlanishi:

2018-05-10

Dasturning tugashi:

2018-05-14

Dasturga qabul jarayoni:

Barcha  nomzodlar quyidagi hujjatlarni POID-Election@osce.org elektron pochta manziliga jo’natishlari kerak:

  • CV;
  • Pasport nusxasi;
  • Dastur uchun Ariza.

Faqatgina tanlangan nomzodlarga 2018 yil 24 apreliga qadar xabar qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumotlar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: + 992985091496

Email: POID-Election@osce.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!