×

Buyuk Britaniya: Huquq sohasida magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va yillik stipendiya; borish-kelish xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

05.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2187 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Queen Mary University of London huquq boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun Chevening Partner Awards grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant Buyuk Britaniya hukumatining Chevening dasturi asosida tashkil qilingan boʻlib, Queen Mary University of London oʻzining Huquq maktabi (The School of Law) da oʻqishni xohlovchilar uchun Chevening dasturi bilan bir xil imkoniyatni taqdim etuvchi dastur hisoblanadi.

Chevening Partner Awards dasturiga Britaniya hukumatining Chevening dasturiga qabul qilingan nomzodaridan tashqari alohida 2 nafar talaba qabul qilinadi. Grant faqat 1 yillik magistrlik dasturlari uchun ajratiladi.

Nomzodlar Universitetning Huquq maktabidagi (The School of Law) istalgan yoʻnalishlardan biriga hujjat topshirishi mumkin. Huquq yoʻnalishlari bilan shu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Huquq boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Queen Mary University of London Law magistratura kursida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 22 150 funt-sterling. Oʻqish kunduzgi boʻlimda bir yil davom etadi.

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan talabalr quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli toʻliq toʻlab beriladi.
  • Buyuk Britaniyaga borish va u yerdan qaytish xarajatlari toʻliq qoplanadi.
  • Buyuk Britaniyada yashash uchun yetarli boʻlgan oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
  • Viza xarajatlari qoplab beriladi.
  • Chevening dasturi doirasida tashkil etiladigan tadbirlarga borish uchun ketadigan xarajatlar qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod belgilangan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston bu davlatlar roʻyxatida mavjud) va dastur tugagandan soʻng oʻz davlatiga qaytish niyatida boʻlishi kerak;
  2. Bakalavr diplomiga ega boʻlishi;
  3. Kamida ikki yil ish tajribasiga ega (tajriba volontyorlik, maoshli yoki maoshsiz amaliyot boʻlishi ham mumkin) boʻlishi kerak;
  4. Ingliz tilini yaxshi biladigan. Tilga qoʻyilgan talablar:
  • IELTS:a minimum overall score of0 including a minimum of 7.0 in Writing, and no less than 5.5 in Reading, Listening and Speaking.
  • TOEFL:a minimum overall score of 100 including a minimum of 24 in Writing, and no less than 18 in Reading, 17 in Listening and 20 in Speaking.
  1. Muqaddam Buyuk Britaniyada oʻqimagan yoki Buyuk Britaniya homiylik qilgan dasturda ishtirok etmagan boʻlishi kerak.
  2. Nomzod Chevening dasturiga hujjat topshirishda Queen Mary University of London universitetini tanlangan uchta universitetdan birinchisi sifatida koʻrsatishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning Law (postgraduate taught) kurslariga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga arizalar 2019-yil 5-noyabrga qadar qabul qilinadi. Grant yutib olishni istasangiz, hujjatlarni ertaroq topshiring.

Oʻqishga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval shu yerdan kerakli dasturni tanlang.
  2. Kurs sahifasida umumiy ma’lumotlar bilan tanishing.
  3. Entry requirements boʻlimida kirish talablari haqida yozilgan.
  4. Fees and funding boʻlimida kontrakt toʻlovi va qanday toʻlash mumkinligi haqida aytilgan.
  5. Apply now yozuvini bosib, ariza toʻldiramiz va kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.
  6. Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda How to apply sahifasidan aniqlang yoki pglaw-reception@qmul.ac.ukga murojaat qiling.

Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi. BA yoki LLB diplomi topshiriladi. Baholar 2:1/2:2 boʻlishi kerak.
  3. Ayrim nomzodlardan kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlish talab qilinishi mumkin.
  4. Ingliz tili sertifikati. Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aniqlang. Odatda kamida IELTS 7,0 soʻraladi.
  5. Ikkita tavsiyanoma.
  6. Qoʻshimcha hujjat sifatida esse talab qilinishi mumkin.
  7. Research proposal soʻralishi mumkin.

Grantga ariza berish. Nomzod dastlab Chevening dasturiga hujjat topshirishi lozim. Ushbu dasturga hujjat topshirish haiqda shu yerda tanishing.

Queen Mary University of London universitetining oʻzbekistonlik nomzodlarga qoʻyilgan talablari bilan shu yerda batafsil tanishing.

Bogʻlanish uchun: scholarships@qmul.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!