×

University of Sheffield: Bakalavriatda o’qish uchun 5ta 50%lik grant!


Grant

MUHLAT

19.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1826 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Sheffield universiteti (University of Sheffield) bakalavr bosqichida o’qsihni xohlovchi xorijiy talabalardan International Baccalaureate Undergraduate Merit Scholarships in 2019 grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur maqsadi iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Nomzodlar Medicine (A100/A101) va Dentistry (A200) yo’nalishidan boshqa universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturlaridan birini tanlashi mumkin. Ushbu grant 2019-yil sentabrdan Sheffield universitetida bakalavrlik bosqichida o’qishni boshlovchilar uchun taqdim etiladi.

Ushbu grant 2019-yil sentabrdan o’qishni boshlovchi 5 nafar talabaga taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritgan talabalar 4 yil davomida kontrakt summasining 50 foizini to’lashdan ozod etiladi. Biroq suhbu grant keyingi yillarda ham amal qilishi uchun talaba yaxshi o’qishi lozim bo’ladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod Yevropa Ittifoqi takibiga kirmaydigan davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’zi tanlagan bakalarvlik yo’nalishiga qabul qilish shartlariga mos bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Nomzoddan ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS/TOEFL) talab etiladi. IELTS/TOEFL ga qo’yilgan talab yo’nalishlarga qarab farq qilishi mumkin. Aksariyat yo’nalishlar uchun IELTS minimum 6.0 va hech qaysi 5.5 dan past bo’lmasligi kerak.
  • Grant faqat 2019-yil sentabrdan o’qishni boshlovchilarga taqdim etiladi.
  • Nomzod oq’ishga kontrakt asosida qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  • Quyidagi grantlardan birini qo’lga kiritgan talabalar ushbu grant dasturini ololmaydi:
    – International Undergraduate Scholarship 2019
    – International Undergraduate Merit Scholarship 2019
    – GEMS International Merit Scholarship 2019
    – NCUK Undergraduate Merit Scholarship 2019
    – NCUK Undergraduate Scholarship 2019
    – NCUK Undergraduate Merit Scholarship 2019

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni onlayn tarzda amalga oshiriladi. Talaba dastlab o’ziga mos bakalavrlik dasturlaridan birini tanlashi, unga kerakli hujjatlarni tayyorlashi va topshirishi kerak. Bakalavrlik dastur;aridan biriga hujjat topshirayotganda grant uchun ham MUSE platformasi orqali ariza topshiriladi.

Muhim sanalar:

  • MUSE platformasi orqali bakalavrlik kursiga imkon qadar ertaroq ariza topshirish lozim.
  • Nomzod 2019-yilning 19-apreligacha o’zi hujjat topshirgan bakalavrlik dasturiga qabul qilinishi kerak.
  • Grant dasturiga arizani talaba 2019-yil 26-apreligacha onlayn tarzda to’ldirib, topshirishi kerak.
  • Natijalar 2019-yilning 31-may kuni Buyuk Britaniya vaqti bilan soat 16:00 da e’lon qilinadi.

Ushbu grant bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

University of Sheffield tomonidan taqdim etiluvchi va kontrakt pulining 50%ini qoplab berishni nazarda tutuvchi boshqa bir grant dasturi – International Undergraduate Merit Scholarship 2019 bilan SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!