×

JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 110 dollar oylik stipendiya olish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

15.06.2025

QOLGAN VAQT

17 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

33534 marta

Iqtidorli va yetakchilik sifatlariga ega talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan The Nippon Foundation JACAFA Foundation Eurasia Scholarship Program stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu stipendiya ijtimoiy fanlar, huquq, matematika, kompyuter muhandisligi, IT muhandisligi va qishloq xoʻjaligi sohalarida toʻliq taʼlim (full-time) shaklida tahsil olayotgan bakalavriat talabalar uchun mo’ljallangan.

Ushbu dasturga Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziyadagi universitetlarda bakalavriat bosqichida oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatning 2-kursida oʻqiyotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • 2 oʻquv yili yil davomida (2025-2027-yillar) oyiga 110 AQSH dollari stipendiya taqdim etiladi. Stipendiya talabaning oʻqishga oid xarajatlari va mashgʻulotlari uchun sarflanishga moʻljallangan.
  • Dastur doirasida Markaziy Osiyo davlatlarida turli tadbirlar uyushtiriladi va gʻoliblar bu tadbirlarga qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi (ishtirok etish xarakatlari toʻliq qoplanadi).
  • Dasturni muvaffaqiyatli yakunlaganlar JACAFA Japan Visit Program musobaqasiga qatnashishi mumkin. Saralangan ishtirokchilar Yaponiyaga sayohat qiladi, barcha xarajatlar qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Ozarbayjon yoki Gruziya fuqarosi boʻlish lozim.
  2. Oʻzbekistonlik talabalar uchun: nomzod Oʻzbekistonda joylashgan oliy taʼlim muassasida oʻqiyotgan boʻlishi kerak..
  3. Nomzodning baholari oʻrtachasi (GPA) 4 lik tizimda kamida 3 boʻlishi va grant berilgandan keyin ham shu koʻrsatkich pasaymasligi shart. Bu koʻrsatkich 100 ballik tizimda 75 ball, 5 ballik tizimda 3,75 ballga teng.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va buni IELTS, TOEFL, TOEIC sertifikati yoki universitetda ingliz tilida oʻqitiladigan kurslarni tamomlaganlik tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzodning yoshi stipendiya berila boshlaydigan vaqtda (2025-yil oktabr) 19 yoshdan kichik boʻlmasligi va 23 yoshdan katta boʻlmasligi kerak.
  6. Nomzod talaba bo’lishi va bakalavriat bosqichida 3-kursni boshlash arafasida boʻlishi lozim. Yaʼni 2025-yilning yozida 2-kursni bitiradigan talabalar ushbu dasturga ariza topshira oladi.
  7. Nomzod ijtimoiy fanlar, huquq, matematika, kompyuter muhandisligi, IT muhandisligi va qishloq xoʻjaligi sohalarida yoki shularga aloqador sohalarda toʻliq taʼlim (full-time) shaklida tahsil olayotgan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2025-yil 15-iyungacha qabul qilinadi. Dasturga arizani BU YERDA onlayn tarzda topshirish mumkin. Arizani toʻldirishga quyidagilarni ham yuklash talab etiladi:

  1. Xorijga chiqish pasporti nusxasi.
  2. Sudlanmaganlik haqida maʼlumotnoma.
  3. Hozirda talaba ekanlikni tasdiqlovchi hujjat (talabalik guvohnomasi/kartasi) nusxasi.
  4. Universitetda olingan baholarning skanerlangan nusxasi.
  5. Kamida 2 nafar universitet oʻqituvchisidan tavsiynoma.
  6. Ingliz tilida insho. Insho nomzodning oʻzi haqida boʻlishi, uni qanday shaxs ekanini ochib berishi, jumladan, nomzodning taʼlim va tarbiyasi, eng katta yutuqlari, uning akademik va kasbiy oʻsishda taʼsir koʻrsatgan tajriba va insonlar, nega aynan hozirda oʻqiyotgan sohani tanlaganlik haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.

Hujjat toppshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar bilan 2025-yilning iyul va avgust oylarida intervyu qilinadi. Intervyular onlayn tarzda amalga oshirilishi mumkin.

Yakuniy natijalar 2025-yil avgust oyida email orqali eʼlon qilinadi.

2021-yilda mazkur stipendiyani qoʻlga kiritgan hamurtimizning (qiz talaba) topshirgan hujjatlari bilan BU YERDA tanishing.

2020-yilda mazkur stipendiyani qoʻlga kiritgan hamurtimizning (qiz talaba) topshirgan hujjatlari bilan BU YERDA tanishing.

2021-yilda ushbu stipendiyani qoʻlga kiritgan hamyurtimiz bilan suhbatni SHU YERDA oʻqishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin dastur qoʻllanmasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan foundationjacafa@gmail.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!