Iqtidorli va yetakchilik sifatlariga ega talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan The Nippon Foundation JACAFA Foundation Eurasia Scholarship Program stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu stipendiya IT va kompyuter fanlari, dasturiy taʼminot muhandisligi, mahalliy qishloq xoʻjaligi / oziq-ovqat ishlab chiqarish, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, pedagogika va taʼlim, biznes boshqaruvi, iqtisodiyot, huquqshunoslik sohalarida toʻliq taʼlim (full-time) shaklida tahsil olayotgan bakalavriat talabalar uchun mo’ljallangan.
Ushbu dasturga Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziyadagi universitetlarda bakalavriat bosqichida oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriatning 2-kursida oʻqiyotgan talabalar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Gʻoliblar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
- 2 oʻquv yili yil davomida (2026-2028-yillar) oyiga 105 yevro stipendiya taqdim etiladi. Stipendiya talabaning oʻqishga oid xarajatlari va mashgʻulotlari uchun sarflanishga moʻljallangan.
- Dastur doirasida Markaziy Osiyo davlatlarida turli tadbirlar uyushtiriladi va gʻoliblar bu tadbirlarga qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi (ishtirok etish xarakatlari toʻliq qoplanadi).
- Dasturni muvaffaqiyatli yakunlaganlar JACAFA Japan Visit Program musobaqasiga qatnashishi mumkin. Saralangan ishtirokchilar Yaponiyaga sayohat qiladi, barcha xarajatlar qoplanadi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Ozarbayjon yoki Gruziya fuqarosi boʻlish lozim.
- Oʻzbekistonlik talabalar uchun: nomzod Oʻzbekistonda joylashgan oliy taʼlim muassasida oʻqiyotgan boʻlishi kerak..
- Nomzodning baholari oʻrtachasi (GPA) 4 lik tizimda kamida 3 boʻlishi va grant berilgandan keyin ham shu koʻrsatkich pasaymasligi shart. Bu koʻrsatkich 100 ballik tizimda 75 ball, 5 ballik tizimda 3,75 ballga teng.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va buni IELTS, TOEFL, TOEIC sertifikati yoki universitetda ingliz tilida oʻqitiladigan kurslarni tamomlaganlik tajribasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzodning yoshi stipendiya berila boshlaydigan vaqtda (2026-yil oktabr) 19 yoshdan kichik boʻlmasligi va 23 yoshdan katta boʻlmasligi kerak.
- Nomzod talaba bo’lishi va bakalavriat bosqichida 3-kursni boshlash arafasida boʻlishi lozim. Yaʼni 2026-yilning yozida 2-kursni bitiradigan talabalar ushbu dasturga ariza topshira oladi.
- Nomzod IT va kompyuter fanlari, dasturiy taʼminot muhandisligi, mahalliy qishloq xoʻjaligi / oziq-ovqat ishlab chiqarish, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, pedagogika va taʼlim, biznes boshqaruvi, iqtisodiyot, huquqshunoslik sohalarida toʻliq taʼlim (full-time) shaklida tahsil olayotgan boʻlishi kerak.
- Nomzodlar xorijga chiqish pasportiga ega boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2026-yil 15-iyungacha qabul qilinadi. Dasturga arizani BU YERDA onlayn tarzda topshirish mumkin. Arizani toʻldirishga quyidagilarni ham yuklash talab etiladi:
- Xorijga chiqish pasporti nusxasi.
- Sudlanmaganlik haqida maʼlumotnoma.
- Hozirda talaba ekanlikni tasdiqlovchi hujjat (talabalik guvohnomasi/kartasi) nusxasi.
- Universitetda olingan baholarning skanerlangan nusxasi.
- Kamida 2 nafar universitet oʻqituvchisidan tavsiynoma.
- Ingliz tilida insho maksimal 500 soʻz). Bu insho nomzodni tanishtirishi hamda uning shaxsiyati, kelib chiqishi va intilishlarini yaxshiroq tushunishga yordam berishi kerak.
- Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (IELTS, TOEFL, TOEIC va h.k.)
Hujjat toppshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar bilan 2026-yilning iyul va avgust oylarida intervyu qilinadi. Intervyular onlayn tarzda amalga oshirilishi mumkin.
Yakuniy natijalar 2026-yil avgust oyi oxirida email orqali eʼlon qilinadi.
2021-yilda mazkur stipendiyani qoʻlga kiritgan hamurtimizning (qiz talaba) topshirgan hujjatlari bilan BU YERDA tanishing.
2020-yilda mazkur stipendiyani qoʻlga kiritgan hamurtimizning (qiz talaba) topshirgan hujjatlari bilan BU YERDA tanishing.
2021-yilda ushbu stipendiyani qoʻlga kiritgan hamyurtimiz bilan suhbatni SHU YERDA oʻqishingiz mumkin.
MUHIM: Ariza topshirishdan oldin dastur qoʻllanmasi bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan foundationjacafa@gmail.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.




