×

Ayol-qizlar uchun maxsus grantlar


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1566 marta

CHOP ETILGAN

28.08.2021

Xabaringiz bo’lsa kerak, bir qancha ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar ayol-qizlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida faqat ayol-qizlarga mo’ljallangan grantlarni taklif etadi.

Bugun shunday grantlarning ayrimlari haqida ma’lumot beramiz.

1. Helmut Veith Stipend dasturi. Bu dastur ayol-qizlarga Vena texnologiya universitetida kompyuter fanlariga (Computer Science) oid yo’nalishlarda magistratura bosqichini o’qish uchun grant taklif qiladi.

Grant quyidagilardan iborat:
– Kontrakt summasidan to’liq ozod qilinadi.
– Yiliga 6000 yevro stipendiya beriladi.

O’qish ingliz tilida bo’ladi va hujjatlar odatda har yili 30-noyabrgacha qabul qilinadi

👉Helmut Veith Stipend dasturi haqida batafsil

2. Women in Technology Scholarship dasturi. Bu grant Zonta International xalqaro jamg’armasi tomonidan IT sohasida oʻqiyotgan ayol-qizlar uchun ajratiladi.

Grant IT sohasida tahsil olayotgan ayol-qizlarga 8000 AQSh dollarigcha bo’lgan bir martalik yordam mablag’i ajratadi. Ushbu grant yiliga 20 nafargacha nomzodga beriladi.

Grantga dunyoning istalgan davlatidagi OTMda tahsil olayotgan ayol-qizlar topshirishi mumkin.

Dasturga arizalar odatda har yili oktabr oyining o’rtalarigacha qabul qilinadi.

👉Women in Technology Scholarship dasturi haqida batafsil

3. AAUW International Fellowships dasturi. Bu dastur AQSHda magistratura, doktoranturada o’qish va postdoktorlik tadqiqoti uchun ayol-qizlarga 30 000 dollargacha grant ajratadi.

Dasturga qabul har yili avgust oyi boshlaridan noyabr oyi o’rtalarigacha davom etadi.

👉AAUW International Fellowships dasturi haqida batafsil

4. Eria Fransic Davies Scholarship dasturi. Bu dasturni Britaniyada joylashgan Swansea universiteti taklif etadi.

Dastur shu universitetdagi Health and Life Sciences fakultetidagi magistratura yo’nalishlardan biriga o’qishga kirgan ayol-qizlarning 1 nafariga kontrakt summasini to’liq qoplab beradi.

Dasturga qabul har yili iyun oyi boshlarigacha davom etadi.

👉 Eria Fransic Davies Scholarship dasturi haqida batafsil

5. TechGirls yozgi oromgoh dasturi. Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga AQSHda 1 oylik yozgi oromgohda tahsil olish imkonini beradi.

Qizlar texnologik kompaniya va yetakchi muassasalarga tashrif buyurishadi, jamoat xizmatlarini ko‘rsatish ishlarida va madaniy tadbirlarda ishtirok etishadi.

Dastur AQSHga borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat, o’qish va boshqa barcha xarajatlarni to’liq qoplaydi.

Bu dasturga hujjatlar odat har yili yanvar oyi o’rtalarigacha qabul qilinadi.

👉 TechGirls yozgi oromgoh dasturi haqida batafsil

6. TechWomen dasturi. Dastur ayol-qizlarga AQSHning San-Fransisko va Vashington shaharlarida 5 haftalik shaxsiy rivojlanish dasturlari hamda mashgʻulotlarini oʻz ichiga oladi.

Dastur ishtirokchilarning AQSHga borish-kelish, mashg’ulotlar, turar joy, oziq-ovqat kabi barcha xarajatlarni qoplab beradi.

Dasturga arizalar har yili odatda may oyi boshlarigacha qabul qilinadi.

👉 TechWomen dasturi haqida batafsil

7. Oksford universitetining Executive MBA Scholarships for Women dasturi. Dastur Executive MBA kursida o’qishni xohlagan ayol-qizlar uchun 2 xil grantni taklif qiladi:

a) The Forté Foundation Fellowships for Women: kontrakt summasidan 30 000 funt-sterling chegirma qilinadi; joy – 1 ta.
b) The Oxford Executive MBA Scholarship for Women: kontrakt summasidan 50 foiz chegirma qilinadi; joy – 1 ta.

Bu dasturga arizalar har yili odatda aprel oyi boshlarigacha qabul qilinadi.

👉 Executive MBA Scholarships for Women dasturi haqida batafsil

Postimiz ayol-qizlar uchun foydali bo’ldi degan umiddamiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!